TANQIDIY FIKRLASH TUSHUNCHASINING ILMIY-NAZARIY IZOHI VA PEDAGOGIK PARADIGMADAGI O‘RNI




TANQIDIY FIKRLASH TUSHUNCHASINING ILMIY-NAZARIY IZOHI VA PEDAGOGIK PARADIGMADAGI O‘RNI


Mualliflar: Eraliyeva Dilnoza Oybek qizi

Annotatsiya Maqolada tanqidiy fikrlash tushunchasining mazmun-mohiyati, uning ilmiy-nazariy asoslari hamda pedagogik paradigmadagi o‘rni keng yoritiladi. Tanqidiy fikrlash zamonaviy ta’lim tizimida talabaning shaxsiy intellektual rivoji, mantiqiy xulosa chiqarish va muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi asosiy kompetensiya sifatida baholanadi. O‘zbek tili muhitida xorijiy va mahalliy talabalarni o‘qitishda ushbu tushunchaning dolzarbligi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, kognitiv faollikni kuchaytirish va lingvokulturologik hamda psixolingvistik omillarni uyg‘unlashtirish orqali namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda tanqidiy fikrlashning nazariy talqinlari, turli olimlar tomonidan berilgan ta’riflar tahlil qilinadi, shuningdek, uni rivojlantirishga xizmat qiladigan didaktik yondashuvlar ilmiy asosda izohlanadi Kalit so'zlar: tanqidiy fikrlash, pedagogik paradigma, nazariy asos, kognitiv faoliyat, mustaqil qaror, lingvokulturologiya, psixolingvistika, ta’lim samaradorligi, didaktik yondashuv, kompetensiya