TEBRANISHLARNI QO‘SHISH MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI: NAZARIY ASOSLAR VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR




TEBRANISHLARNI QO‘SHISH MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI: NAZARIY ASOSLAR VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR


Mualliflar: Muхtarov Erkinjon Kobiljonovich

Annotatsiya Ushbu maqolada mexanik tebranishlarni qo‘shish jarayonining nazariy asoslari, o‘qitishda uchraydigan metodik muammolar hamda raqamli texnologiyalar yordamida ularni samarali tushuntirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tebranishlarning faza, chastota va amplituda parametrlariga bog‘liqligi, ularning o‘zaro interferensiyasi hamda natijaviy tebranishning fizik mazmuni ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, interaktiv dasturiy vositalar, animatsiyalar va virtual laboratoriyalar yordamida talabalarda mavzu bo‘yicha batafsil tushuncha hosil qilish metodikasi taklif etiladi. Maqola oliy ta’limda fizika fanini o‘qitishda zamonaviy metodlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: garmonik tebranishlar, tebranishlarni qo‘shish, faza farqi, amplituda, raqamli texnologiyalar, interaktiv metodika, fizika ta’limi.