O‘QUV MASHG‘ULOT GURUXI FUTBOLCHILARINI FUNKSIONAL XOLATINI SHAKLLANGANLIGI
Mualliflar: Shokirjonov Kudratjon Shuxrat o‘g‘li
Annotatsiya Maqolada 13–14 yoshli o‘quv-mashg‘ulot guruhi futbolchilarining funksional tayyorgarlik darajasi o‘rganilgan. Sportchilarning funksional holatini baholashda yurak urish chastotasi, arterial qon bosimi, Genchi va Shtange sinovlari hamda o‘pkaning tiriklik sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar asos qilib olindi. Tadqiqot jarayonida tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida dastlabki natijalar qiyosiy tahlil qilindi va ularning funksional tayyorgarligi statistik jihatdan o‘xshash ekanligi aniqlandi. Shu asosda futbolchilar mashg‘ulot jarayoniga yengil atletika vositalari hamda nafas olish mashqlari kabi ergogen usullarni kiritish zarurligi asoslab berildi. Olingan natijalar yosh futbolchilarning turli o‘yin ampluasiga xos fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda funksional tayyorgarlikni samarali shakllantirish imkonini yaratishi ta’kidlandi. Kalit so'zlar: futbolchilar, funksional tayyorgarlik, yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, yengil atletika vositalari.