YOSH REGBICHILARNI TAYYORLASH MUAMMOSI BO‘YICHA ILMIY-USLUBIY ADABIYOTLAR TAHLILI
Mualliflar: Mo‘minov X.M.
Annotatsiya Mazkur maqolada yosh regbichilarning jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etishda umumiy va maxsus mashqlar uyg‘unligining metodik asoslari yoritilgan. Zamonaviy metodik yondashuvlar, xususan Antonov E.I., Ivanov V.A., Bondarchuk A.P. va Verkhoshanskiy Y.V. kabi olimlarning tadqiqotlariga tayanilgan holda, umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)ning asosiy jismoniy sifatlar (kuch, chidamlilik, tezkorlik)ni rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) orqali ushbu sifatlarning o‘yindagi amaliy ko‘nikmalarga aylanishi ilmiy asosda tahlil qilingan. Maqolada UJT va MJT o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik, yosh sportchilarning tayyorgarlik davrida bosqichma-bosqich o‘tish zarurati, jarohatlarning oldini olish, koordinatsiya va chidamlilikni oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar keltirilgan. Ayniqsa, 12–13 yoshdagi o‘smirlar uchun bu davrning jismoniy va neyromuskulyar o‘sish nuqtai nazaridan sezuvchan davr ekani ta’kidlanadi. Bundan tashqari, regbiga xos texnik va kontaktli harakatlarni samarali shakllantirish uchun kurash elementlariga asoslangan mashqlarning o‘rni va turli sport turlari bilan metodik integratsiyaning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Verhoshanskiy tomonidan taklif etilgan blok periodizatsiyasi modeli asosida kuch tayyorgarligini rejalashtirish tamoyillari keltirilib, regbi o‘yinchilarining yillik tayyorgarlik davrida bosqichma-bosqich jismoniy sifatlarni rivojlantirishga oid tavsiyalar asoslab berilgan. Shuningdek, vaziyatli mashg‘ulotlar va o‘yin kontekstida o‘rgatish metodikasi orqali qaror qabul qilish, moslashuvchanlik va texnik barqarorlikni shakllantirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar tahlil qilingan. Umuman olganda, maqola yosh regbichilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirishning ilmiy asoslarini aniqlab beradi hamda metodik va amaliy tavsiyalar orqali sportchilarni xavfsiz, samarali va bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Kalit so'zlar: yosh regbichilar, jismoniy tayyorgarlik, umumiy mashqlar, maxsus mashqlar, periodizatsiya, kontaktli sport, kurash elementlari, regbi, sport jarohatlari, metodik yondashuv.