BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘RGATISHDA VIDEODARSLAR VA INTERAKTIV SLAYDLARNING SAMARADORLIGI
Mualliflar: Tilavoldiyeva Maftuna, Mirzayev Toxirjon
Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda videodarslar va interaktiv slaydlarning pedagogik samaradorligi, ularning didaktik imkoniyatlari va o‘quvchilarda matematik kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli yoritilgan. XXI asr ta’limida raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan ta’lim vositalarining ahamiyati ortib borayotgan bir paytda, ayniqsa videodars va interaktiv slaydlar orqali o‘qitish usullari boshlang‘ich ta’limda fan mazmunini chuqurroq anglash, vizual idrokni rivojlantirish hamda qiziqishni kuchaytirish imkonini beradi. Maqola O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni, PISA va UNESCO tavsiyalari hamda rus, ingliz, o‘zbek tilidagi zamonaviy ilmiy manbalar asosida tayyorlangan. Kalit so'zlar: Videodars, interaktiv slayd, boshlang‘ich ta’lim, matematika o‘qitish metodikasi, vizual idrok, raqamli vositalar, ta’lim samaradorligi, PISA, UNESCO, kreativlik, tanqidiy fikrlash.