TALABALARNING FRAZEOLOGIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA MASHQLAR TIZIMI
Mualliflar: Kushiyeva Nodira Xabibjonovna , Ro'ziboyev Kuvonchbek Ergash o‘g'li
Annotatsiya Ushbu maqolada talabalarning frazeologik kompetensiyasini takomillashtirishda mashqlar tizimining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda frazeologik birliklarning o‘rganilishida nazariy yondashuv va amaliy mashqlarni qo‘llashning o‘rni katta ekani ko‘rsatilgan. Mashqlar tizimi talabalarning frazeologik birliklarni to‘g‘ri tushunish, nutqda samarali qo‘llash va ularning madaniy, semantik xususiyatlarini anglashda yordam beradi. Tajriba natijalari talabalar frazeologik birliklarni tanib olish va ularni o‘z nutqida muvaffaqiyatli qo‘llashda sezilarli yutuqlarga erishganini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada frazeologik kompetensiyani rivojlantirishda zamonaviy pedagogik metodlar va texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati ham ta’kidlanadi. Kalit so'zlar: frazeologik kompetensiya,mashqlar tizimi,til madaniyati,nutq madaniyati,semantik farqlar,madaniy anglash,ta’lim metodlari,interaktiv yondashuv,filologiya,talabalar