O‘QUVCHILARNING INTERNET SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALITILGAN PEDAGOGIK IMKONIYATLAR VA MUHITNI SHAKLLANTIRISH
Mualliflar: Moxira Dedaxonova
Annotatsiya Ushbu maqolada internet savodxonligi tushunchasining mohiyati, uning zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati va o‘quvchilarda ushbu kompetensiyani shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada ta’lim muassasalarida internetdan samarali va xavfsiz foydalanish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda raqamli madaniyatni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik imkoniyatlar va shart-sharoitlarni yoritilgan. Shuningdek, mavzuga oid ilg‘or pedagogik yondashuvlar ham ko‘rib chiqilgan. Kalit so'zlar: internet savodxonligi, raqamli madaniyat, pedagogik shart-sharoit, internet xavfsizligi, axborot savodxonligi, zamonaviy ta’lim.