OLIY TA’LIMDA TALABLARNING MUSTAQIL O‘QISH MAKORATINI AYTILGAN SINF MODELI ORQALI OSHIRISH
Mualliflar: Muminjonova Shaxlo
Annotatsiya Ushbu ilmiy tadqiqot teskari sinf (Flipped Classroom) formati oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalarining mustaqil ta’lim olish qobiliyatini oshirishdagi rolini tahlil qiladi. Tadqiqot ingliz tili ko‘nikmalari talabaning o‘quv yutuqlarida qanday ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Ingliz tilini ravon bilish, til ko‘nikmalarini chuqur egallash hamda turli ko‘nikmalarda yetuk bo‘lish zarurligi yoritib berilgan. Shuningdek, ingliz tilini o‘rganishda muloqot va kommunikativ kompetensiyalar muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot yakunida talabalarni texnologiyadan samarali foydalanishga, standartlashgan metodlarni qo‘llashga hamda flipped classroom va blended learning kabi zamonaviy o‘qitish modellari orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirishga rag‘batlantirish zarurligi xulosalanadi. Talabalarni dars jarayonida faol ishtirok etishga undash uchun ularning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini maqsadli metodik yondashuvlar orqali shakllantirish zarur. Hozirgi kunda ko‘plab xalqaro oliy ta’lim muassasalarida "Flipped Classroom" modeli asosida ta’lim tashkil etilmoqda. Kalit so'zlar: mustaqillik, mustaqil o‘qish ko‘nikmasi, flipped classroom, zamonaviy metodlar, tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi, muammoni hal qilish qobiliyati, ijodiy fikrlash, topshiriqqa asoslangan o‘qitish (TBL), loyihaga asoslangan o‘qitish (PBL).