RAQAMLI TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK DASTURCHILARNI MATEMATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar: Negmatulloyev Zafarjon Turdibekovich, Nafasov Ganisher Abdurashidovich, Berdikulov Azizbek Erkin ogly
Annotatsiya Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak dasturchilarning matematik kompetentligini rivojlantirishning zamonaviy metodik yondashuvlari ilmiy asosda yoritiladi. Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish, matematik tafakkurni shakllantirish va yechimga yo‘naltirilgan interfaol usullar orqali dasturchilarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Matematika fanining dasturlash bilan integratsiyasi, algoritmik tafakkurni rivojlantirishda funksional va amaliy matematik bilimlarning ahamiyati ochib beriladi. Kalit so'zlar: raqamli ta’lim, matematik kompetentlik, dasturlash, algoritmik tafakkur, ta’lim texnologiyalari, integratsiyalashgan yondashuv, kasbiy tayyorgarlik.