ONA TILI TA’LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Mualliflar: Djakbarova Mahliyo Ibraximjonovna, 2 To‘lqinova Zahro Baxtiyor qizi
Annotatsiya Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar ta’lim sohasida inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, ona tili ta’limi kabi muhim sohada ushbu texnologiyalar o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Ona tili nafaqat muloqot vositasi, balki milliy madaniyat va o‘zlikni anglashning asosiy tashuvchisi sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli raqamli texnologiyalarni ushbu sohada qo‘llash o‘quvchilarga tilni chuqurroq o‘rganish va undan samarali foydalanish imkonini beradi. Ushbu maqola ona tili ta’limida raqamli texnologiyalarning o‘rni, ularning afzalliklari, qo‘llanilishi va mavjud muammolarni atroflicha tahlil qiladi. Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, zamonaviy ta’lim, axborot manbalari, interaktivlik, multimediya resurslar, QR kodlar, ijodkorlik loyihalari, onlayn boshqotirmalar, so‘z o‘yinlari, electron darsliklar, innovatsion usullar.