RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar: Nafasov G‘anisher Abdurashidovich, Raxmatqulova Nafisa Asatullayevana
Annotatsiya Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi orqali umumta’lim maktabi o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Muallif tomonidan raqamli resurslardan foydalanish asosida sog‘lomlashtiruvchi faoliyatlarni tashkil etish, interaktiv platformalar orqali harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlarni o‘quvchilarga samarali yetkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning jismoniy faolligi, sog‘lom ovqatlanish madaniyati, gigiyena va psixologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, sog‘lom turmush tarzi, ta’lim, o‘quvchilar, interaktiv metodlar, jismoniy faollik, sog‘lomlashtiruvchi faoliyatlar.