YOSHLAR TA`LIM-TARBIYASI DOLZARB MASALA




YOSHLAR TA`LIM-TARBIYASI DOLZARB MASALA


Mualliflar: Topildiyev Odiljon Raximjonovich

Annotatsiya Maqolada yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla, ta'lim muassasalari – haqiqiy ma'naviy tarbiya omili ekanligi, yoshlarni ta`lim-tarbiyasiga qaratilgan ta'sirlarni o‘rganishda tizimli yondashuv yo‘nalishlari asosida ularni qiziqtirgan masalalar, hayotiy istaklar, bandlik va bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil etish kabi masalalar taxlil etilgan. Shuningdek, maqola natijalari sifatida mamlakatda yoshlar ta`lim-tarbiyasi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil va qat'iylik bilan davom ettirish ijtimoiy, siyosiy, demokratik jarayonlarga alohida e'tibor qaratilayotgani taxlil qilingan. 1991-2025 yillar davomida O‘zbekistonda milliy davlatchilikni rivojlantirish, yangi iqtisodiy munosabatlar hamda huquqiy tizimning shakllanishida, yoshlar taraqqiyotning hal qiluvchi kuchiga aylangani, yoshlar faoliyati bilan bog‘liq ma'naviy, ma'rifiy-mafkuraviy ishlarni yanada jonlantirish va bu sohadagi barcha ishlarni muvofiqlashtirish, mahallalarda yoshlarga ibrat bo‘ladigan urf-odat, an'analarni keng targ‘ib etish metodlari berilgan takliflar va xulosalada keng taxlil qilingan. Kalit so'zlar: Yoshlar, ma'naviy tarbiya, oila, mahalla, ta'lim muassasalari, tarbiya, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ta'sirlar, yoshlar bandligi, yoshlar bo‘sh vaqti.