MAKTAB FIZIKA DARSLARIDA EKOLOGIK MAZMUNDAGI MASALALARNI QOʻLLASH: PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV NATIJALARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada maktab fizika darslarida ekologik mazmundagi masalalardan foydalanish metodikasining samaradorligini aniqlash maqsadida oʻtkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari yoritilgan. Tajriba-sinov aniqlovchi, shakllantiruvchi va yakuniy bosqichlarda tashkil etilgan. Mexanika, issiqlik, elektr va atom fizikasi boʻlimlari boʻyicha ishlab chiqilgan ekologik masalalar tizimi oʻquvchilarning fizik bilimlarni amaliy qoʻllash koʻnikmalariga hamda ekologik madaniyatiga taʼsiri jihatidan tahlil qilingan. Tajriba va nazorat sinflari natijalari matematik-statistik usullar yordamida qiyoslangan. Kalit so'zlar: fizika taʼlimi, ekologik masalalar, pedagogik tajriba-sinov, ekologik madaniyat, energiya tejash, oʻquvchi faoliyati
