INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABALARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM DASTURINING AHAMIYATI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada individual yondashuv asosida imkoniyati cheklangan talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda ta’lim dasturining pedagogik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda talabalarning funksional imkoniyatlari, jismoniy tayyorgarlik darajasi, harakat tajribasi va individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunini moslashtirish masalalari tahlil qilindi. Individual ta’lim dasturining maqsadli, diagnostik, mazmuniy, texnologik va monitoring komponentlari asosida kuch, tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik hamda chidamlilik sifatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish imkoniyatlari asoslandi. Tadqiqot natijalari individual yuklama, differensial mashqlar, muntazam nazorat va teskari aloqa uyg‘unligi talabalarning jismoniy faolligi hamda mashg‘ulot samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi. Ta’lim dasturidan foydalanish inklyuziv va adaptiv ta’lim muhitini shakllantirishning muhim pedagogik vositasi sifatida tavsiya etiladi. Kalit so'zlar: individual yondashuv, imkoniyati cheklangan talabalar, jismoniy sifatlar, ta’lim dasturi, adaptiv jismoniy tarbiya, differensial yondashuv, individual yuklama.
