TA’LIM MODERNIZATSIYASI TUSHUNCHASINING FALSAFIY GENEZISI: KLASSIK VA ZAMONAVIY TALQINLAR
Mualliflar:
Annotatsiya mazkur maqolada “ta’lim modernizatsiyasi” tushunchasining falsafiy genezisi va uning klassik hamda zamonaviy nazariy talqinlari tarixiy-falsafiy va qiyosiy-tipologik tahlil asosida yoritilgan. Tushunchaning etimologik va kategorial mazmuni “islohot”, “innovatsiya” va “transformatsiya” tushunchalaridan farqlangan holda aniqlashtirilgan. Ma’rifatchilik-dialektik, klassik (universalistik), tanqidiy-reproduktiv, “ko‘p modernlik”, refleksiv-kommunikativ hamda milliy-tarixiy talqinlarning mohiyati, kuchli tomonlari va cheklovlari ko‘rsatib berilgan. Birlamchi va ikkilamchi, “yuqoridan” va “quyidan” kechuvchi modernizatsiya turlari, ta’lim modernizatsiyasining qadriyat-maqsad, institutsional, mazmun-texnologik va subyekt darajalari, shuningdek, etatistik va polisubyekt modellar farqlangan. Jadidlar ta’lim tajribasi davlat va jamiyat tashabbuslari uyg‘unligiga asoslangan modernizatsiyaning milliy shakli sifatida baholangan. Tahlil natijasida ta’lim modernizatsiyasining muallifona ta’rifi ishlab chiqilgan bo‘lib, u modernizatsiyani ko‘p subyektli, uzluksiz va global hamda milliy omillar uyg‘unligiga tayanuvchi yaxlit ijtimoiy jarayon sifatida talqin etadi. Bu O‘zbekistonda ta’limda nodavlat sektor va davlat-xususiy sheriklikni falsafiy jihatdan asoslash uchun nazariy zamin yaratadi. Kalit so'zlar: ta’lim modernizatsiyasi, falsafiy genezis, ma’rifatchilik, klassik modernizatsiya nazariyasi, ikkilamchi modernizatsiya, ko‘p modernlik, refleksiv modernizatsiya, jadidchilik, polisubyekt model, umumiy ne’mat
