SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN ADAPTIV O‘QITISHNING PEDAGOGIK MOHIYATI, PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI VA SHART-SHAROITLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada sun’iy intellektga asoslangan adaptiv o‘qitishning pedagogik mohiyati, psixologik-pedagogik xususiyatlari va uni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish shart-sharoitlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda adaptiv o‘qitishning nazariy-metodologik asoslari, ta’lim oluvchilarning individual-kognitiv imkoniyatlarini hisobga olish mexanizmlari hamda intellektual diagnostika, individuallashtirilgan ta’lim trayektoriyasi va refleksiv baholashning o‘zaro aloqadorligi tahlil qilingan. Nazariy umumlashtirish natijasida sun’iy intellektga asoslangan adaptiv o‘qitishning tarkibiy-funksional modeli va uning pedagogik samaradorligini ta’minlovchi shart-sharoitlar tizimi taklif etilgan. Olingan nazariy natijalar adaptiv ta’lim texnologiyalarini pedagogik jihatdan asosli loyihalashtirish hamda ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, adaptiv o‘qitish, pedagogik texnologiya, intellektual ta’lim tizimi, individual ta’lim trayektoriyasi, kognitiv faoliyat, psixologik-pedagogik xususiyatlar, pedagogik diagnostika, refleksiya, kasbiy kompetensiya.
