BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING INTEGRATSIYALASHGAN KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI




BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING INTEGRATSIYALASHGAN KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI


Mualliflar:
Мирзакбарова Севда Вахиддиновна


Annotatsiya Mazkur maqolada oliy pedagogik ta’lim tizimida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining integratsiyalashgan kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi ta’limning raqamli transformatsiyasi, fanlararo aloqalarning kengayishi hamda chet tillarini o‘qitish sifatiga qo‘yilayotgan talablarning ortishi sharoitida pedagog kadrlarni kasbiy tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining integratsiyalashgan kompetensiyalarini maqsadli shakllantirishni ta’minlovchi metodologik yondashuvlar, tamoyillar va pedagogik shart-sharoitlarni ilmiy jihatdan asoslashdan iborat. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, ilmiy-pedagogik adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, zamonaviy ta’lim konsepsiyalarini tizimlashtirish va umumlashtirish metodlaridan foydalaniladi. O‘tkazilgan nazariy tahlil asosida metodologik yondashuvlarni kompleks qo‘llash zarurati asoslanadi hamda ularning bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirishdagi ahamiyati aniqlanadi. Kalit so'zlar: integratsiyalashgan kompetensiyalar, metodologik asoslar, kasbiy tayyorgarlik, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari, kompetensiyaviy yondashuv, tizimli yondashuv, integrativ yondashuv.