BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI NUTQIY TA’SIR VOSITALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning boshqaruv kompetentligini nutqiy muloqot vositalari orqali rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish uchun vaziyatli topshiriqlar, madaniyatlararo yondashuv va kommunikativ qarorlarning refleksiv tahlilidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tajriba-sinov ishlariga Namangan davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining 429 nafar talabalari jalb etildi. Tajriba guruhida boshqaruv kompetentligining yuqori darajada shakllanganligi 53%, nazorat guruhida 27%; past darajada shakllanganligi 16% va 42% talabalarda aniqlandi. Olingan natijalar bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda nutqiy o‘zaro ta’sirni qo‘llash samaradorligini tasdiqlaydi. Kalit so'zlar: boshqaruv kompetensiyasi, bo‘lajak pedagog, nutqiy o‘zaro ta’sir, madaniyatlararo yondashuv, pedagogik muloqot, kasbiy tayyorgarlik, refleksiya, eksperimental tadqiqot.
