FAVQULODDA HOLATLARDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH: NAZARIY-HUQUQIY YONDASHUVLAR VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI




FAVQULODDA HOLATLARDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH: NAZARIY-HUQUQIY YONDASHUVLAR VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI


Mualliflar:
Norov Sherali Abduraimovich


Annotatsiya Ushbu maqolada favqulodda holatlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning nazariy-huquqiy asoslari, davlat organlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari hamda favqulodda vaziyatlar sharoitida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda jamoat xavfsizligi, favqulodda vaziyat, davlat boshqaruvi va huquqiy tartibot tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, favqulodda holatlarda davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy va tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: favqulodda holat, jamoat xavfsizligi, favqulodda vaziyat, huquq tartibot, davlat organlari, fuqarolar huquqlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoatchilik, davlat boshqaruvi.