UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA IMOM AL-BUXORIY HADISLARINING TARBIYAVIY MAZMUNINI SINGDIRISHNING ILMIY ASOSLANGAN MODELI




UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA IMOM AL-BUXORIY HADISLARINING TARBIYAVIY MAZMUNINI SINGDIRISHNING ILMIY ASOSLANGAN MODELI


Mualliflar:
Normuxamedov Zarif


Annotatsiya Maqolada Imom al-Buxoriy hadislarining tarbiyaviy mazmunini uzluksiz ta’lim bosqichlarida singdirishning nazariy asoslangan modeli taklif etiladi. Tadqiqot maqsadi — hadislardagi tarbiyaviy g‘oyalarni aniqlash va ularni maktabgacha ta’limdan malaka oshirishgacha bo‘lgan bosqichlarga mos didaktik model shaklida tizimlashtirish. Tadqiqotda manbalar mazmunini tahlil qilish, tipologik guruhlash, qiyosiy-pedagogik tahlil va didaktik modellashtirish metodlari qo‘llanildi. Natijada tanlangan hadislar beshta tarbiyaviy yo‘nalishga — ilm va ustozga hurmat, niyat va ixlos, ota-onaga hurmat, hamdardlik va birodarlik, nutq odobiga — guruhlandi. Har bir ta’lim bosqichi uchun mos shakl, metod va baholash indikatorlari asoslandi. Modelning asosiy printsipi — uzviylik bo‘lib, u har bir yo‘nalishning bosqichdan bosqichga murakkablashib borishida namoyon bo‘ladi. Mualliflik yangiligi hadislar mazmunini uzluksiz ta’lim bosqichlari bo‘yicha yaxlit didaktik model shaklida tashkil etishda ko‘rinadi. Modelning samaradorligi tadqiqotlarda tekshirilishi lozimligi qayd etilgan. Kalit so'zlar: Imom al-Buxoriy, hadis, uzluksiz ta’lim, tarbiyaviy mazmun, ma’naviy-axloqiy tarbiya, didaktik model, uzviylik printsipi, baholash indikatorlari