BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA DUAL TA’LIM ASOSIDA MUSTAQIL KASBIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK TA’MINOTI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida dual ta’lim tizimi asosida mustaqil kasbiy faoliyatni rivojlantirishning pedagogik-didaktik asoslari tadqiq etilgan. Oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari integratsiyasini ta’minlovchi didaktik ta’minotning to‘rtta asosiy komponenti: normativ-metodik, o‘quv-axborot, amaliy-texnologik va diagnostik-refleksiv komponentlar mazmuni ilmiy asoslangan. Shuningdek, talabalarda mustaqil kasbiy faoliyatning rivojlanganlik darajalarini (reproduktiv, produktiv, kreativ-innovatsion) baholovchi mezon va ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan. O‘tkazilgan pedagogik eksperiment natijalari asosida ishlab chiqilgan didaktik ta’minotning samaradorligi matematik-statistik usullar yordamida isbotlangan. Kalit so'zlar: texnologik ta’lim, dual ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, mustaqil kasbiy faoliyat, didaktik ta’minot, kasbiy kompetentlik, ishlab chiqarish amaliyoti, o‘quv-ishlab chiqarish klasteri, mezonlar va ko‘rsatkichlar.
