STRATEGIK MAQSADLAR – MAKTAB BOSHQARUVINING PEDAGOGIK ASOSI SIFATIDA
Mualliflar:
Annotatsiya . Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarishda strategik maqsadlarni belgilashning nazariy-pedagogik hamda metodologik asoslari tadqiq etilgan. Xx asrning 80-yillaridan boshlab ta’lim menejmentida shakllangan maqsadli yondashuv va strategik rejalashtirishning rivojlanish bosqichlari, shuningdek, boshqaruv subyektlari (maktab rahbari, pedagogik jamoa, o‘quvchilar va ota-onalar) o‘rtasidagi ko‘p darajali hamkorlik mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida ta’lim va tarbiya maqsadlarining uzviyligini ta’minlovchi hamda rasmiylatchilikni bartaraf etuvchi «maqsadlar daraxti» modeli asoslab berildi va maktab boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: strategik maqsad, ta’lim menejmenti, maktab boshqaruvi, umumiy o‘rta ta’lim, pedagogik maqsadlilik, «maqsadlar daraxti», ta’lim va tarbiya uzviyligi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
