INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARNING NUTQIY VA HARAKAT FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA LOGORITMIK VA MUSIQIY-RITMIK MASHQLARDAN FOYDALANISH




INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARNING NUTQIY VA HARAKAT FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA LOGORITMIK VA MUSIQIY-RITMIK MASHQLARDAN FOYDALANISH


Mualliflar:
Goipova Nodira Baxtiyor qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning nutqiy va harakat faoliyatini rivojlantirishda logoritmik hamda musiqiy-ritmik mashqlardan foydalanishning pedagogik va korreksion imkoniyatlari yoritilgan. Logoritmika, musiqa, ritm, harakat va nutqni uyg‘unlashtiruvchi samarali metod sifatida bolaning talaffuzi, eshitish diqqati, xotirasi, muvofiqlashtirish qobiliyati va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada musiqiy-ritmik mashqlarning bolalar nutqini faollashtirish, harakatlarni muvofiqlashtirish, emotsional holatni barqarorlashtirish hamda jamoada muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, mashg‘ulotlarni individual yondashuv, bolaning imkoniyatlari va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: Inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari, logoritmika, musiqiy-ritmik mashqlar, nutqiy rivojlanish, harakat faoliyati, korreksion pedagogika.