SUN’IY INTELLEKT VA GAT INTEGRATSIYASI ASOSIDA INDIVIDUAL O‘QUV TOPSHIRIQLARI, GEOGRAFIK VAZIYATLARNI MODELLASHTIRISH VA AMALIY MASHG‘ULOTLAR TIZIMI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada sun'iy intellekt (SI) va geografik axborot tizimlari (GAT) integratsiyasi asosida geografiya ta'limida individual o‘quv topshiriqlarini shakllantirish, geografik vaziyatlarni modellashtirish va amaliy mashg‘ulotlar tizimini tashkil etish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi talabaning bilim va ko‘nikma darajasini hisobga olgan holda SI yordamida individuallashtirilgan topshiriqlar generatsiya qilish hamda GAT vositalari asosida real geografik vaziyatlarni modellashtirish orqali amaliy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tizimni ishlab chiqishdan iborat. Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, geografik axborot tizimlari (GAT), individuallashtirilgan ta'lim, geografik vaziyatlarni modellashtirish.
