ANVAR OBIDJONNING “DAHSHATLI MESHPOLVON” QISSASIDA FOLKLOR AN’ANALARINING BADIIY TALQINI




ANVAR OBIDJONNING “DAHSHATLI MESHPOLVON” QISSASIDA FOLKLOR AN’ANALARINING BADIIY TALQINI


Mualliflar:
Umataliyeva Munojat G’ofurjon qizi


Annotatsiya mazkur maqolada anvar obidjonning “dahshatli meshpolvon” qissasida xalq og‘zaki ijodi an’analarining badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda folklorga xos xalqona hikoyachilik, mubolag‘a, qo‘shiq, duo va olqishlar, qahramonlik motivlari, xalq o‘yinlari hamda yumoristik tasvir vositalarining qo‘llanilishi yoritiladi. Folklor unsurlarining qahramon xarakterini shakllantirish, syujet rivojini ta’minlash va asarning milliy-estetik ruhini namoyon etishdagi badiiy vazifalari ochib beriladi. Shuningdek, yozuvchining xalq og‘zaki ijodi an’analarini zamonaviy bolalar adabiyoti poetikasi bilan uyg‘unlashtirish mahorati ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Kalit so'zlar: anvar obidjon, “dahshatli meshpolvon”, xalq og‘zaki ijodi, folklor an’analari, bolalar adabiyoti, qahramonlik motivi, mubolag‘a, yumor, milliy ruh.