SPORTCHILARDA YURAK QON TOMIR TIZIMINING FUNKSIONAL HOLATI
Mualliflar: Boltobaev Sadulla Abdullaevich, Saylobidinova Gulshoda Sohibjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada sportchilarda yurak-qon tomir tizimining funksional holati tahlil qilingan. Muntazam jismoniy faoliyat yurak va qon tomir tizimining ko'plab parametrlariga, jumladan, yurak urish tezligi, qon bosimi, va kislorod bilan ta'minlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Sportchilar yurak mushaklarining kattalashishi (gipertrofiyasi) va yurak urish tezligining pasayishi kabi adaptiv o'zgarishlarni boshdan kechiradilar. Bunday o'zgarishlar sportchining jismoniy faoliyatga chidamliligini oshiradi. Kalit so'zlar: yurak-qon tomir tizimi, yurak urish tezligi, qon bosimi, kislorod, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar, sog‘lomlashtirish, sport trenirovkasi, sport fiziologiyasi