AI ASOSIDAGI ADAPTIV DIDAKTIK MUHITNING TEXNOLOGIK ARXITEKTURASI: AN'ANAVIY TA'LIM MUHITI BILAN QIYOSIY TAHLIL
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada sun'iy intellekt (AI) asosidagi adaptiv didaktik muhitning texnologik arxitekturasi tizimli tahlil qilingan hamda uning an'anaviy ta'lim muhiti bilan qiyosiy xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqot maqsadi — AI-ta'lim tizimlarining to'rt komponentli arxitekturasini (talaba modeli, kontent modeli, pedagogik model, AI/Learning Analytics qatlami) tavsiflash hamda uni yetti mezon bo'yicha an'anaviy ta'lim muhiti bilan qiyoslashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy metod va tizimli adabiyotlar sharhi qo'llanildi, 15 ta ilmiy manba tahlil qilindi. Natijada, AI asosidagi muhitning ta'lim trayektoriyasi, feedback tezligi, baholash turi va xatolar bilan ishlash strategiyasi bo'yicha an'anaviy muhitdan sifat jihatidan farqlanishi asoslab berildi, shuningdek zamonaviy AI-ta'lim tizimlarining uchta asosiy turi (qoidaga asoslangan, ma'lumotga asoslangan, generativ) tasniflandi. Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, adaptiv didaktik muhit, intellektual repetitorlik tizimlari, o'quv analitikasi, qiyosiy tahlil, ta'lim texnologiyalari arxitekturasi.
