O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA BARQAROR XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISHDA SPORT O‘YINLARINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda barqaror xulq-atvorni shakllantirishda sport o‘yinlarining pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Sport o‘yinlarining intizom, mas’uliyat, jamoada hamkorlik qilish, o‘zini boshqarish, irodaviy sifatlar va muloqot madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, sport o‘yinlarini maqsadli tashkil etish orqali o‘quvchilarda ijobiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirishning pedagogik shartlari asoslangan. Tadqiqot natijalari sport o‘yinlaridan tizimli va yosh xususiyatlariga mos foydalanish o‘smirlarning ijtimoiy faolligi hamda xulq-atvor barqarorligini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: o‘smirlar, xulq-atvor, sport o‘yinlari, jismoniy tarbiya, intizom, mas’uliyat, iroda, hamkorlik, pedagogik imkoniyatlar.
