KINO SAN’ATI TA’LIMI TALABALARINING RAQAMLI KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada kino san’ati ta’limi yo‘nalishi talabalarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy, psixologik va pedagogik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida bo‘lajak kino san’ati mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, raqamli texnologiyalardan ijodiy va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning shaxsiy-kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda raqamli kompetensiya va raqamli kompetentlik tushunchalarining mazmun-mohiyati, o‘zaro bog‘liqligi hamda kino san’ati ta’limidagi o‘ziga xos xususiyatlari nazariy jihatdan asoslangan. Shuningdek, talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishda ichki motivatsiya, emotsional barqarorlik, ijodiy tafakkur, o‘z-o‘zini rivojlantirishga tayyorlik, refleksiya va ijtimoiy hamkorlik kabi psixologik omillarning ahamiyati ochib berilgan. R. Sternberg, D. Goleman, R. Lazarus, S. Folkman va K. Ericssonning psixologik yondashuvlari asosida raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayonining shaxsiy va kasbiy rivojlanish bilan uzviy aloqadorligi tahlil etilgan. Kino san’ati ta’limida raqamli kompetensiyani texnologik bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, estetik tafakkur, raqamli madaniyat, kasbiy mas’uliyat va ijodiy faoliyatning integrativ birligi sifatida talqin etish zarurligi asoslangan. Maqolada raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish, motivatsion qo‘llab-quvvatlash va ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan pedagogik muhitni tashkil etishning ahamiyati ta’kidlangan. Kalit so'zlar: kino san’ati ta’limi, raqamli kompetensiya, raqamli kompetentlik, psixologik-pedagogik omillar, raqamli transformatsiya, ijodiy tafakkur, motivatsiya, emotsional barqarorlik, raqamli madaniyat, kasbiy tayyorgarlik.
