TURLI YOSH TOIFASIDAGI ERKIN KURASHCHILARNI MUSOBAQA FAOLIYATIDAGI TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARINING TAHLILI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur ilmiy maqolada turli yosh toifasidagi erkin kurashchilarning musobaqa faoliyatida namoyon etiladigan texnik-taktik harakatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida sportchilarning hujum, qarshi hujum, himoya va kombinatsiyalashgan usullarni qo‘llash samaradorligi yosh xususiyatlari kesimida o‘rganildi. Ilmiy kuzatuv, musobaqa bayonnomalari tahlili, videoyozuvlarni ekspert baholash hamda matematikstatistik usullar yordamida texnik-taktik ko‘rsatkichlarning dinamikasi aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab berildi. Natijalar yosh ortishi bilan texnik harakatlar barqarorligi, taktik fikrlash tezligi va murakkab kombinatsiyalarni qo‘llash chastotasi oshishini ko‘rsatdi. Shuningdek, kichik yoshdagi sportchilarda individual texnik elementlar ustun bo‘lsa, katta yosh toifalarida vaziyatli va kombinatsion harakatlarning samaradorligi yuqori ekani aniqlandi. Tadqiqot xulosalari mashg‘ulot jarayonini yosh xususiyatlariga mos ravishda rejalashtirish, texnik-taktik tayyorgarlikni optimallashtirish hamda musobaqa natijadorligini oshirish uchun ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so'zlar: erkin kurash, musobaqa faoliyati, texnik-taktik tayyorgarlik, yosh xususiyatlari, hujum va qarshi hujum, kombinatsion harakatlar, sport mahorati.
