O‘QUV MASHG‘ULOT GURUHIDAGI ERKIN KURASHCHILARNING TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIGINI KOMBINATSIYALASH USLUBINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI




O‘QUV MASHG‘ULOT GURUHIDAGI ERKIN KURASHCHILARNING TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIGINI KOMBINATSIYALASH USLUBINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI


Mualliflar:
Yuldashov Adxamjon Uktamjonovich


Annotatsiya Mazkur maqolada o‘quv-mashg‘ulot guruhidagi erkin kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini kombinatsiyalash uslubini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqot davomida yosh sportchilarning texnik harakatlarni bajarish aniqligi, taktik fikrlashi, bellashuv jarayonida vaziyatni baholash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari tahlil qilindi. Texnik va taktik tayyorgarlikning o‘zaro integratsiyalashuvi asosida mashg‘ulot jarayonini tashkil etishning samarali modeli ishlab chiqildi. Kombinatsiyalashgan uslub doirasida texnik elementlarni taktik vazifalar bilan uyg‘unlashtirish, variativ vaziyatli mashqlarni qo‘llash, bellashuvga yaqin sharoitlarda tayyorgarlik olib borish hamda yuklamalarni bosqichma-bosqich murakkablashtirish tamoyillari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, texniktaktik tayyorgarlikni kombinatsiyalash asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar sportchilarning musobaqa faoliyatidagi samaradorligini oshiradi, harakatlarning barqarorligi va natijadorligini ta’minlaydi. Kalit so'zlar: erkin kurash, texnik-taktik tayyorgarlik, kombinatsiyalash uslubi, o‘quv-mashg‘ulot jarayoni, yosh sportchilar, musobaqa faoliyati.