TARIX DARSLARIDA TARIXIY SHAXSLAR FAOLIYATINI O‘RGANISH ORQALI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada tarix darslarida tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganish asosida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-metodik asoslari tahlil qilingan. Fuqarolik kompetensiyasi o‘quvchining tarixiy bilimlari, jamiyat oldidagi mas’uliyatni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqil fikrlash, ijtimoiy hamkorlik va faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon eta olish qobiliyatlarining integrativ birligi sifatida talqin etilgan. Tadqiqotda tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganishga asoslangan metodik tizimning maqsadli, mazmuniy, faoliyatli, kommunikativ-refleksiv va diagnostik komponentlari ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: tarix ta’limi, tarixiy shaxs, fuqarolik kompetensiyasi, ixtisoslashtirilgan maktab, tarixiy tafakkur, fuqarolik mas’uliyati, milliy qadriyat, tarixiy manba, muammoli ta’lim, loyiha metodi, refleksiya, interfaol metodlar.
