INFORMATIKANI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH
Mualliflar: Turdaliyeva Nargiza Abdunazar qizi
Annotatsiya Hozirgi kunda ta’lim sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (SI) keng joriy etilmoqda. Informatika fani o‘qituvchilarining SI vositalaridan samarali foydalanish kompetentligini oshirish dolzarb masala sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga integratsiyasi, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish va innovatsion metodik yondashuvlarni joriy etish borasida keng qamrovli tadqiqot natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida qiyosiy tahlil, pedagogik eksperiment, so‘rovnoma va kuzatish usullari qo‘llanilib, olingan ma’lumotlar asosida yangi o‘qitish strategiyalari ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, SI elementlaridan foydalanish o‘quv jarayonini interaktiv, individual va samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellektni o‘qitishda zamonaviy dasturiy vositalar va ta’minotning roli ham yoritilgan. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, informatika fani, pedagogik texnologiyalar, kompetentlik, metodika, ta’lim jarayoni.