YUQORI SINF OQUVCHILARIDA TEZKORLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION USULLARI




YUQORI SINF OQUVCHILARIDA TEZKORLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION USULLARI


Mualliflar: Djаhоngirоv Shahriyor Djahongirovich, Mahmudjonov Asilbek Abduvoxid o‘g‘li, Mamasoliyev Xurshidbek Qaxramon o‘g‘li

Annotatsiya Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarida tezkorlik sifatini rivojlantirishda innovatsion usullarning samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot eksperimental usulda olib borilib, ishtirokchilar ikki guruhga ajratildi: an’anaviy mashg‘ulot dasturi asosida shug‘ullangan nazorat guruhi va innovatsion usullar asosida mashg‘ulot olib borgan eksperimental guruh. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interaktiv texnologiyalar va refleksni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar o‘quvchilarning tezkorlik darajasini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Natijalar innovatsion yondashuvlarning samarali ekanligini tasdiqlaydi va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga ularni keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: tezkorlik, jismoniy tarbiya, innovatsion usullar, interaktiv texnologiyalar, o‘quvchilar.