MUAMMOLI TA’LIM (PBL) ORQALI TALABALARDA KOGNITIV MOSLASHUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim jarayonida muammoli ta’lim (Problem-Based Learning - PBL) texnologiyasidan foydalanish orqali talabalarda kognitiv moslashuvchanlikni rivojlantirishning pedagogik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy e’tibori talabaning murakkab va o‘zgaruvchan o‘quv vaziyatlarida fikrlash strategiyalarini o‘zgartira olishi, muammoga turli nuqtayi nazardan yondashishi va muqobil yechimlarni ishlab chiqishi bilan PBL texnologiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijalar PBLning muammoli vaziyat yaratish, mustaqil izlanish, guruhiy muhokama, muqobil yechimlarni ishlab chiqish va refleksiya kabi komponentlari kognitiv moslashuvchanlikni rivojlantirish uchun muhim pedagogik sharoit yaratishini ko‘rsatdi. Maqolada kognitiv moslashuvchanlikning motivatsion, kognitiv-faoliyatli va refleksiv komponentlari hamda ularni rivojlantirish mezonlari asoslandi. Kalit so'zlar: muammoli ta’lim, PBL, kognitiv moslashuvchanlik, oliy ta’lim, muammoli vaziyat, mustaqil ta’lim, tanqidiy fikrlash, muqobil yechim, refleksiya.
