TEXNOLOGIYA DARSLARIDA ZARURIY RAQAMLI INFRATUZILMA VA TEXNIK QOʻLLAB-QUVVATLASH OMILLARI




TEXNOLOGIYA DARSLARIDA ZARURIY RAQAMLI INFRATUZILMA VA TEXNIK QOʻLLAB-QUVVATLASH OMILLARI


Mualliflar:
Ziyamova Gulbaxor Tulabayevna


Annotatsiya Ushbu maqolada texnologik taʻlimda texnologiya fanini oʻqitishda oʻquvchilarning metakognitiv faoliyatlarini takomillashtirish omillari, oʻqituvchining metodik tayyorgarligi, raqamli taʻlim resurslari, video darslarni loyihalashning nazariy asoslari, sunʻiy intellekt va raqamli ishlab chiqarish texnologiyalarining integratsiyasi masalalari chiqiladi. Maqolada STEM taʻlimi, robototexnika va innovatsion taʻlim muhitlari kontekstida zamonaviy raqamli texnologiyalarni oʻquv jarayoniga joriy etishning nazariy asoslari, xalqaro tajribalari va amaliy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari taʻlim muassasalarida raqamli taʻlim resurslaridan samarali foydalanish oʻquvchilarning texnik kompetentligini, muammolarni hal qilish koʻnikmalarini va ijodiy tafakkurini sezilarli darajada oshirishini koʻrsatadi. Kalit so'zlar: sunʻiy intellekt, raqamli ishlab chiqarish, STEM taʻlimi, innovatsion muhit, texnologik taʻlim, ijodiy tafakkur, oʻrganish.