BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA HISSIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI




BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA HISSIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI


Mualliflar:
Abrayeva Mehrangiz Bekmirza qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hissiy intellektni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillar tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning intellektual rivojlanishi bilan bir qatorda ularning hissiy va ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda hissiy intellektning mazmun-mohiyati hamda uning boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar shaxsiy rivojlanishidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ta’limiy-psixologik muhit, pedagogik hamkorlik, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish hamda hamkorlikka asoslangan ta’lim faoliyati hissiy intellektni rivojlantirishning muhim pedagogik omillari sifatida asoslanadi. Ushbu omillarning o‘zaro uyg‘unligi o‘quvchilarning o‘z hissiyotlarini anglash va boshqarish, boshqalarning hissiy holatini tushunish hamda samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Maqola natijalaridan boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hissiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan pedagogik faoliyatni takomillashtirishda foydalanish mumkin. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, hissiy intellekt, pedagogik omillar, hissiy rivojlanish, pedagogik hamkorlik, ta’lim muhiti, muloqot, emotsional kompetensiya, o‘quvchi, shaxs rivojlanishi.