PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR SHAXSIYATI VA KASBIY FAOLIYATINING BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAMOYILLARI




PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR SHAXSIYATI VA KASBIY FAOLIYATINING BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAMOYILLARI


Mualliflar:
Asranbayeva Munojatxon Xalimjanovna


Annotatsiya Ushbu tezis professor-o‘qituvchilarning shaxsiy va professional barqarorligini shakllantirish hamda mustahkamlash jarayonlaridagi psixopedagogik omillarni o‘rganishga qaratilgan. Tezisda pedagogik faoliyatning murakkabligi, zamonaviy ta’lim muassasalaridagi stress va professional yuklamalar, shuningdek, shaxsiy resurslar va psixologik chidamlilikni oshirish usullari tahlil qilinadi. Professor-o‘qituvchilarning barqarorligini ta’minlashda motivatsion, emotsional va metodik komponentlarning ahamiyati, shuningdek, ularning pedagogik faoliyat samaradorligiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan. Tezis, shuningdek, xorijiy olimlarning psixopedagogik barqarorlik bo‘yicha tadqiqotlari va amaliy tavsiyalarini o‘z ichiga oladi. Kalit so'zlar: Professor-o‘qituvchi, shaxsiy barqarorlik, professional barqarorlik, psixopedagogik asoslar, pedagogik faoliyat, emotsional chidamlilik, motivatsiya, ta’lim muassasalari.