GENDER TENGLIGI KONSEPSIYASINI O‘QITISH JARAYONIDA TALABALARDA DEMOKRATIK QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI




GENDER TENGLIGI KONSEPSIYASINI O‘QITISH JARAYONIDA TALABALARDA DEMOKRATIK QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI


Mualliflar:
Xamidjonova Sitora


Annotatsiya Mazkur maqolada oliy ta'lim jarayonida gender tengligi konsepsiyasini oʻqitish asosida talabalarda demokratik qadriyatlarni shakllantirishning pedagogik-metodik asoslari tadqiq etilgan. Gender tengligi faqat ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash masalasi sifatida emas, balki adolat, inson qadr-qimmati, tolerantlik, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilish, ijtimoiy mas'uliyat va faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantiruvchi ta'limiy resurs sifatida talqin qilingan. Tadqiqotda gender tengligi mazmunini demokratik qadriyatlar bilan integrasiyalashga asoslangan metodik model ishlab chiqilgan. Mazkur modelning maqsadli, mazmuniy, prosessual, texnologik va baholovchi komponentlari aniqlashtirilgan. Oʻqitish jarayonida muammoli ta'lim, keys-stadi, debat, rolli oʻyin, dialogik ta'lim, refleksiv topshiriqlar va hamkorlikda oʻqitish metodlaridan kompleks foydalanish taklif etilgan. Tadqiqot natijalari gender masalalarini demokratik ta'lim bilan integrasiyalash talabalarning tenglik va adolatga munosabatini, boshqa nuqtai nazarlarni qabul qilish qobiliyatini, konstruktiv muloqot va ijtimoiy mas'uliyatini rivojlantirish uchun metodik imkoniyatlarga ega ekanini koʻrsatadi. Kalit so'zlar: gender tengligi, demokratik qadriyatlar, oliy ta'lim, talabalar, metodika, demokratik kompetensiya, tolerantlik, inson huquqlari, fuqarolik pozisiyasi, interaktiv ta'lim.