KATTA VA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTABGA TAYYORLIK DARAJASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta'limiga tayyorlash muammosi kompetensiyaviy va integrativ yondashuv asosida tadqiq etilgan. Muallif maktabga tayyorlikni pedagogik, psixologik, metodik, gigienik-jismoniy, ijtimoiy-kommunikativ va raqamli tayyorlik kabi kompleks ko‘rsatkichlar tizimi sifatida asoslaydi. Shuningdek, bolada shakllantirilishi lozim bo‘lgan intellektual, irodaviy, ijtimoiy-hissiy, kommunikativ va motivatsion sifatlar tahlil qilinib, ularning o‘zaro bog'liq holda rivojlanishi zarurligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilingan. Kalit so'zlar: Maktabga tayyorlik, katta va tayyorlov guruhi, pedagogik tayyorlik, psixologik tayyorlik, metodik tayyorlik, ijtimoiy-kommunikativ tayyorlik, raqamli tayyorlik, integrativ yondashuv, boshqaruv funksiyalari.
