15-16 YOSHLI VOLEYBOLCHILARNI ISH QOBILIYATINING SAKROVCHANLIK KOMPONENTINI SHAKLLANISH DINAMIKASI
Mualliflar: Tuxtaboyeva Nazokat Azimjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada 15-16 yoshli voleybolchilarning sakrovchanlik komponentini shakllantirish dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida an’anaviy mashg‘ulotlar yordamida ixtisoslashgan sakrovchanlik turlari, xususan hujum zarbalari va to‘sik qo‘yish uchun sakrash balandligini shakllantirishga e’tibor qaratildi. Eksperiment natijalariga ko‘ra, an’anaviy mashg’ulotlarda sakrovchanlikni shakllantirishda muhim o‘zgarishlar kuzatildi. Tajriba boshlanishida sportchilarning sakrash balandligi 61,7±3,67 sm edi, tajriba yakunida esa bu ko‘rsatkich 62,3±3,88 sm ga oshdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, an’anaviy mashg‘ulotlar orqali sakrovchanlikni rivojlantirishda ixtisoslashgan mashqlarning qo‘llanilmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shuning uchun, kelgusida, sakrovchanlikni shakllantirishda tabaqalashtirilgan mashqlarni qo‘llash, sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, samaradorlikni oshiradi. Bu metodika voleybolchilarning texnik-taktik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi va ularning musobaqalarda yuqori natijalar ko‘rsatishiga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida sportchilarning musobaqalardagi natijalari bilan trening jarayonlari orasidagi bog‘liqlik ham o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, an’anaviy mashg‘ulotlarda sakrovchanlikni shakllantirishga qaratilgan aniq va to‘liq rejalashtirilgan dasturlar yordamida sportchilar yanada yuqori natijalarga erishgan. Shuningdek, tajriba natijalari kelajakda sportchilarning individual rivojlanishiga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatdi. Bu metodlar, o‘z navbatida, voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirib, ularning texnik va taktika jihatidan musobaqalarda muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Kalit so'zlar: jismoniy tayyorgarlik, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi,voleybolchi ish qobiliyati, hujum zarbalari, to’siq qo’yish, ixtisoslashtirilgan mashqlar.