CHET TILINI O‘RGANISHDA LEKSIK KOMPETENSIYANI OSHIRISH UCHUN FLASH-KARTALARNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI




CHET TILINI O‘RGANISHDA LEKSIK KOMPETENSIYANI OSHIRISH UCHUN FLASH-KARTALARNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI


Mualliflar: Dexkonova Guljaxon Ahmadjanovna

Annotatsiya Ushbu maqola chet tilini o‘rganuvchilar uchun lug‘at boyligini kengaytirish va leksik kompetensiyani rivojlantirishda flash-kartalarning o‘quv jarayonidagi o‘rnini yoritishga qaratilgan. Flash-kartalar o‘quvchilar uchun yangi so‘z va iboralarni oson o‘zlashtirish, ularni eslab qolish va amaliyotda qo‘llashga yordam beruvchi samarali didaktik vositadir. Maqolada flash-kartalarning didaktik imkoniyatlari, jumladan: vizual yondashuv orqali tushunishni osonlashtirish, o‘quv jarayonini qiziqarli qilish va bilimlarni mustahkamlash imkoniyati batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada flash-kartalar asosida tashkil etilgan mashqlar o‘quvchilarning faolligini oshirishi, ularni mustaqil ishlashga undashi va bilimlarini tizimlashtirishiga yordam berishi ta’kidlangan. Flash-kartalar bilan ishlashning asosiy afzalliklari so‘zlarni takrorlash va vizual ko‘rgazmalilik yordamida uzoq muddatli xotirada saqlash hamda o‘yin shaklidagi topshiriqlar orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish hisoblanadi. Kalit so'zlar: flash-kartalar, leksik kompetensiya, chet tili, didaktik imkoniyatlar, vizual yondashuv, o‘quv jarayoni.