PARALIMPIYA SPORT TURI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI TALABALARNING KUCH SIFATINI TAKOMLLASHTIRISHDA ELEKTRON TA’LIM DASTURINING AHAMIYATI




PARALIMPIYA SPORT TURI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI TALABALARNING KUCH SIFATINI TAKOMLLASHTIRISHDA ELEKTRON TA’LIM DASTURINING AHAMIYATI


Mualliflar:
Mahmudjonov Asilbek Abduvoxid o‘g‘li


Annotatsiya : Ushbu maqolada paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanuvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligini, xususan, kuch sifatini rivojlantirishda elektron ta’lim dasturidan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida elektron platformalar yordamida mashg‘ulotlarni tashkil etish, individual yondashuvni ta’minlash va mashqlar samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, elektron ta’lim vositalari kuch sifatlarini rivojlantirishda yuqori motivatsiya va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Maqolada paralimpiya sportchilari uchun raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi, ularning jismoniy reabilitatsiya va sport tayyorgarligi jarayoniga ijobiy ta’siri ilmiy asosda bayon etilgan. Kalit so'zlar: Paralimpiya sporti, kuch sifati, elektron ta’lim, raqamli texnologiya, jismoniy tayyorgarlik, motivatsiya, reabilitatsiya.