GIMNASTIKA SPORT TURI ORQALI TALABALARNI JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIKA MEXANIZMI
Mualliflar: Yakubjonov Ikrom Akramovich
Annotatsiya ushbu maqola gimnastika sport turi orqali talabalarni jismoniy tayyorgarligini oshirishning pedagogik mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda gimnastika mashg‘ulotlarining samaradorligi, jismoniy sifatlar – kuch, moslashuvchanlik, chidamlilik, muvozanat va koordinatsiya rivojlanishidagi roli chuqur tahlil qilinadi. Pedagogik mexanizmlar, jumladan, motivatsiya yaratish, individual yondashuv, ko‘rgazmalilik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va qayta aloqa talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda samarali vosita sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari, eksperimental va nazorat guruhlari misolida, gimnastika mashg‘ulotlarining jismoniy rivojlanishga ijobiy ta’sirini tasdiqlaydi va ta’lim tizimida bu metodlarni qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: gimnastika, jismoniy tayyorgarlik, pedagogik mexanizm, talabalar, jismoniy sifatlar, metodika, motivatsiya, individual yondashuv, ko‘rgazmalilik, o‘z-o‘zini nazorat qilish, qayta aloqa, mashg‘ulotlar, pedagogik ta’lim, sport tayyorgarligi, ta’lim samaradorligi, innovatsion metodlar.