GENERATIV SUN'IY INTELLEKT VOSITALARI ASOSIDA ALGORITMIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING DASTURIY VOSITALARI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada generativ sun'iy intellekt vositalari asosida algoritmik tafakkurni rivojlantirishning zamonaviy dasturiy vositalari hamda ularning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Generativ sun'iy intellekt platformalarining funksional imkoniyatlari qiyosiy baholanib, algoritmik tafakkurning tarkibiy elementlariga ta'siri tizimlashtirilgan. Tadqiqot natijasida ushbu vositalardan oliy ta'lim jarayonida samarali foydalanishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: generativ sun'iy intellekt, algoritmik tafakkur, ChatGPT, algoritmlashtirish, raqamli ta'lim, dasturiy vositalar, pedagogik imkoniyatlar.
