GIMNASTIKA MASHQLARI ORQALI TALABALARNING DINAMIK KUCHINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada talabalarning dinamik kuch jismoniy sifatini rivojlantirishda gimnastika mashqlarining samaradorligi o‘rganilgan. Dinamik kuchning nazariy asoslari, uning jismoniy tayyorgarlik tizimidagi o‘rni hamda gimnastika mashqlarining mushak faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatish, test sinovlari, pedagogik tajriba va matematik-statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Mashg‘ulotlar dasturiga turnikda tortilish, bruslarda mashqlar, arqonga tirmashib chiqish, sakrash va akrobatik mashqlar kiritildi. Olingan natijalar gimnastika mashqlarining talabalarning dinamik kuch ko‘rsatkichlarini oshirishda samarali vosita ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini takomillashtirish hamda talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so'zlar: Dinamik kuch, gimnastika mashqlari, talabalar, jismoniy tayyorgarlik, kuch sifati, jismoniy tarbiya, mashg‘ulot yuklamasi, sakrash mashqlari, mushak faoliyati, pedagogik tajriba.
