CHET TILLARNI O'QITISHDA SAMARALI USULLAR
Mualliflar:
Annotatsiya So‘nggi yillarda jahon pedagogikasida talabalarning til darajalariga oid kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, rivojlantirish va yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish hamda ularni ta’lim tizimiga tatbiq etish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Bugungi kunda barcha oliy ta’lim muassasalarida kommunikativ kompetensiya talabalarning puxta kasbiy tayyorgarligini ta’minlovchi asosiy omil sifatida qaralmoqda. Shuningdek, mahsuldor o‘qitish tamoyillariga asoslangan holda chet tillarini o‘rganish va biz tomonidan ishlab chiqilgan lingvodidaktik texnologiyadan foydalanish talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, o‘z salohiyatini namoyon etishi hamda o‘zini anglashiga imkon yaratadi. Mazkur lingvodidaktik texnologiyaning mazmun-mohiyati oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy tayyorgarligi tizimida keng yoritib berilgan Kalit so'zlar: Kommunikativ, mahurat, produktiv usul, chet tili, lingvodidaktik texnologiya, kasbiy kompetentsiya.
