BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy rivojlanish xususiyatlari, nutqning shakllanishiga ta’sir etuvchi pedagogik, psixologik va ijtimoiy omillar tahlil qilingan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim jarayonida og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishning nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari yoritilgan. O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, muloqot madaniyatini shakllantirish va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodlarning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy rivojlanishini ta’minlashda interfaol metodlar, ijodiy topshiriqlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: nutqiy rivojlanish, boshlang‘ich ta’lim, og‘zaki nutq, yozma nutq, kommunikativ kompetensiya, lug‘at boyligi, pedagogik texnologiyalar, nutq madaniyati.
