MUHANDISLIK YO‘NALISHIDAGI TALABALAR ORASIDA RAQAMLI FAROVONLIK TAMOYILLARI ASOSIDA INGLIZ TILINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: ARALASH METODLARGA ASOSLANGAN TADQIQOT




MUHANDISLIK YO‘NALISHIDAGI TALABALAR ORASIDA RAQAMLI FAROVONLIK TAMOYILLARI ASOSIDA INGLIZ TILINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: ARALASH METODLARGA ASOSLANGAN TADQIQOT


Mualliflar:
G‘afurova Shirin Xurshed qizi


Annotatsiya Oliy ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish ingliz tilini o‘qitish jarayonini tubdan o‘zgartirdi hamda talabalarga yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda ayrim muammolarni ham yuzaga keltirdi. Raqamli vositalar ta’limning moslashuvchanligi va talabalarning faolligini oshirsa-da, ulardan me’yoridan ortiq va nazoratsiz foydalanish texnostress, diqqatning susayishi hamda farovonlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu aralash metodli (mixed-methods) tadqiqot muhandislik yo‘nalishidagi talabalar uchun ingliz tilini o‘qitishda raqamli farovonlik tamoyillariga asoslangan metodikani ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqotda raqamli o‘zini o‘zi boshqarish, texnologiyadan muvozanatli foydalanish va sog‘lom o‘quv odatlari asosida ingliz tilini o‘qitishning talabalarning o‘quv faolligi va barqaror o‘rganishiga ta’siri o‘rganiladi. Olingan natijalar oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitishning samarali va sog‘lom raqamli muhitini yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: raqamli farovonlik, ingliz tilini o‘qitish, muhandislik talabalari, EFL, aralash metodlar.