SPORT MAKTABLARIDA 10–12 YOSHLI BOKSCHILAR UCHUN 4 HAFTALIK TAYYORLOV-TAHLIL BOSQICHNING MAZMUNI VA TASHKIL ETILISHI




SPORT MAKTABLARIDA 10–12 YOSHLI BOKSCHILAR UCHUN 4 HAFTALIK TAYYORLOV-TAHLIL BOSQICHNING MAZMUNI VA TASHKIL ETILISHI


Mualliflar:
Dadabayev Akromjon Gapparovich


Annotatsiya Tadqiqot maqsadi — sport maktablarida 10–12 yoshli bokschilarni seleksiya qilish samaradorligini oshiruvchi 4 haftalik tayyorlov-tahlil bosqichining mazmuni va tashkil etilish modelini ishlab chiqish va amaliy asoslash. Tadqiqot metodlari: pedagogik kuzatuv, pedagogik eksperiment, nazorat testlari (umumiy jismoniy tayyorgarlik — 30 m yugurish, 3×10 m moki yugurish, turgan joydan uzunlikka sakrash, tortilish; maxsus tayyorgarlik — oddiy va tanlovli reaksiya vaqti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba tezligi, Romberg muvozanati), tibbiy-biologik nazorat (Ruffier indeksi), matematik-statistik tahlil (M±SD, Student t-kriteriysi, Hedges’ g ta’sir hajmi 95% ishonch oralig‘i bilan, Shapiro–Wilk normallik testi). Tadqiqotda Farg‘ona viloyati sport maktablarining 64 nafar 10–12 yoshli bokschilari ishtirok etdi (nazorat guruhi — 32, tajriba guruhi — 32). Natijalar ko‘rsatishicha, 4 haftalik tayyorlov-tahlil bosqichi an’anaviy bir bosqichli seleksiyaga nisbatan umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 9,2–14,6% (p<0,05), maxsus tayyorgarlik bo‘yicha 9,5–16,7% (p<0,05) ustunlikni ta’minladi (Hedges’ g > 1,4). Xulosa: taklif etilgan 4 haftalik bosqichli model seleksiya mezonlarini aniqlashtirish, saralash algoritmini takomillashtirish va yosh bokschilarni istiqbolliligini ob’ektiv baholash imkonini beradi. Kalit so'zlar: boks, 10–12 yoshli bokschilar, sport seleksiyasi, tayyorlov-tahlil bosqichi, mikrotsikl, umumiy jismoniy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik, tezkorlik, reaksiya vaqti, sport maktabi, pedagogik eksperiment, seleksiya mezoni.